NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI QABUL QILISH JARAYONIDA JAMOATCHILIK FIKRINI INOBATGA OLISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Rayxona Raxmonova Nabijon qizi Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

Normativ-huquqiy hujjatlar, jamoatchilik fikri, jamoatchilik muhokamasi, regulation.gov.uz, lex.uz, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun, yo‘l harakati to‘g‘risidagi qaror loyihasi, xalqaro tajriba, Finlandiya, Hearing the Citizens loyihasi, lausuntopalvelu.fi, ochiqlik va shaffoflik, fuqarolik ishtiroki.

Abstract

Mazkur maqolada normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonida jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik muhokamasini tashkil etishning huquqiy asoslari, xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda regulation.gov.uz va lex.uz elektron platformalarining ahamiyati yoritib beriladi.  Shuningdek, amaliy misol sifatida Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tajribasi ko‘rib chiqiladi. Ishda xalqaro tajribaga murojaat qilinib, Finlyandiyada amalga oshirilayotgan “Hearing the Citizens” loyihasi asosida fuqarolarning qonun ijodkorligidagi ishtiroki tahlil qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi regulation.gov.uz platformasi bilan Finlyandiyaning lausuntopalvelu.fi sayti o‘zaro taqqoslanib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni.

INTERNET MANBALARI:

1. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari milliy bazasi — lex.uz

2. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali — regulation.gov.uz

3. Finlyandiya hukumati huzuridagi jamoatchilik muhokamasi platformasi — lausuntopalvelu.fi

4. Finlyandiyada fuqarolar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Hearing the Citizens” loyihasi bo‘yicha ochiq manbalar

Maqola yaxshi yozilgan. Unda ega va kesim to‘g‘ri qo‘llanilgan, ma’no va mantiq mavjud.

Maqolani o‘qigan o‘quvchi ushbu soha bo‘yicha o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishi mumkin.

Ayrim joylarini tahrirlab, maqolani gazeta yoki ommaviy nashrda chop etish mumkin.

Maqolani yozish jarayonida muallif tomonidan yetarli darajada izlanish olib borilgani yaqqol seziladi.

Maqola uchun sizga berilgan baho — 19 ball.

Published

2026-05-11