12–14 YOSHLI FUTBOLCHILARDA EGILUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISHDA “ILON VA CHIGIRTKALAR” HAMDA “EGILUVCHAN ZANJIR” HARAKATLI O‘YINLARINING METODIK AHAMIYATI

Authors

  • Bekov Bek Valijonovich Jismоniy tаrbiyа vа spоrt bо‘yichа mutаxаssislаrni qаytа tаyyоrlаsh vа mаlаkаsini оshirish instituti Fаrgʻоnа filiаli, dotsent. [email protected] Author

Keywords:

egiluvchanlik, harakatli o‘yinlar, futbol, 12–14 yoshli futbolchilar, jismoniy tayyorgarlik, pedagogik tajriba, son-chanoq bo‘g‘imi, dinamik cho‘zilish, sport mashg‘uloti.

Abstract

Mazkur maqolada 12–14 yoshli futbolchilarda egiluvchanlikni rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 24 nafar yosh futbolchi ishtirok etib, ular tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhi mashg‘ulotlariga 6 oy davomida haftasiga 3 marta egiluvchanlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Ilon va chigirtkalar” hamda “Egiluvchan zanjir” harakatli o‘yinlari kiritildi. Egiluvchanlik darajasi “o‘tirgan holda oldinga egilish”, “ko‘prik holatida bel yoyining maksimal balandligi” va “yon bo‘linishda yerdan masofa” testlari orqali baholandi.

Tadqiqot natijalari tajriba guruhida egiluvchanlik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan yuqoriroq ijobiy dinamikaga ega bo‘lganini ko‘rsatdi. Xususan, o‘tirgan holda oldinga egilish testi, ko‘prik holatida bel yoyining maksimal balandligi hamda yon bo‘linish ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar 12–14 yoshli futbolchilar jismoniy tayyorgarligida harakatli o‘yinlardan maqsadli va metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish egiluvchanlikni rivojlantirishda samarali pedagogik vosita bo‘lishi mumkinligini asoslaydi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF–5924-son Farmoni “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-son Farmoni “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ–115-son Qarori “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

4. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. — М.: Физкультура и спорт, 2019. — 544 с.

5. Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. — Киев: Олимпийская литература, 2015. — 680 с.

6. Верхошанский Ю.В. Основы специальной физической подготовки спортсменов. — М.: Советский спорт, 2013. — 331 с.

7. Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспитания и спорта. — М.: Академия, 2018. — 480 с.

9. Никитушкин В.Г. Теория и методика юношеского спорта. — М.: Физическая культура, 2010. — 208 с.

10. Железняк Ю.Д., Петров П.К. Основы научно-методической деятельности в физической культуре и спорте. — М.: Академия, 2013. — 288 с.

11. Зациорский В.М. Физические качества спортсмена: основы теории и методики воспитания. — М.: Советский спорт, 2009. — 200 с.

12. Bangsbo J. Fitness Training in Football: A Scientific Approach. — Copenhagen: August Krogh Institute, 1994. — 336 p.

13. Reilly T. Science and Soccer. — London: Routledge, 2003. — 352 p.

14. Bompa T.O., Buzzichelli C. Periodization Training for Sports. — Champaign: Human Kinetics, 2019. — 392 p.

15. Weineck J. Optimales Fußballtraining. — Balingen: Spitta Verlag, 2010. — 496 p.

16. FIFA. Youth Football Training Manual. — Zurich: Fédération Internationale de Football Association, 2016.

Published

2026-05-20