JAHON FOLKLORSHUNOSLIGIDA TOPISHMOQ JANRINING NAZARIY TALQINI
Keywords:
topishmoq, folklor, mifologik tafakkur, tabu, qiyosiy-tipologiya, semantika,Abstract
Mazkur maqola jahon folklorshunosligida topishmoqlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy qarashlarning shakllanishi, evolyutsiyasi va nazariy asoslarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda topishmoq janri mifologik, antropologik, qiyosiy-tipologik hamda semiotik ilmiy maktablar doirasida ko‘rib chiqilib, uning kelib chiqish mexanizmlari va semantik tabiati ochib beriladi.
E.B. Tylor o‘zining Primitive Culture asarida topishmoqlarni inson tafakkurining ilk bosqichlariga xos bo‘lgan ramziy va metaforik fikrlash mahsuli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, ibtidoiy ong real borliqni bevosita emas, balki obrazlar va ramzlar orqali idrok etgan bo‘lib, topishmoqlar aynan shu kognitiv jarayonning tilga ko‘chgan shaklidir.
J.G. Frazer esa The Golden Bough asarida topishmoqlarni madaniy tabu tizimi va marosimiy nutq an’analari bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, ibtidoiy jamiyatda bevosita nomlashdan qochish tendensiyasi shakllanib, bu holat tilning bilvosita, yashirin va ramziy ifoda shakllarini rivojlantirgan. Shu nuqtai nazardan topishmoq ijtimoiy cheklovlar va ritual tafakkur mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
- Aarne esa Vergleichende Rätselforschungen ishida turli xalqlar topishmoqlari o‘rtasidagi struktur o‘xshashliklarni qiyosiy-tipologik yondashuv asosida o‘rganib, ularning universal semantik modellarga ega ekanini asoslab beradi. Uning tasnifiy yondashuvi topishmoqlarni xalqaro miqyosda bir xil kognitiv va struktur qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi folklor hodisasi sifatida talqin qilishga imkon yaratadi.
References
1.Tylor E.B. Primitive Culture. London, 1871.
2.Frazer J.G. The Golden Bough. London, 1890.
3.Aarne A. Vergleichende Rätselforschungen. Helsinki, 1918.
4.Lotman Yu.M. Semiotika kultury. Moskva, 1970.
5.Maranda E.K. Structural Models in Folklore. The Hague: Mouton, 1971.





