RAM MOHAN ROYNING MA’RIFATPARVAR SIFATIDA SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT, TA’LIM VA HAYOTIY TAJRIBANING O‘RNI

Authors

  • Mannobova Munisa O‘ktamjon qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi 1-kurs magistranti Author
  • Ikramova I.R. Ilmiy rahbar: PhD, dotsent Author

Abstract

Mazkur maqolada Hindiston uyg‘onish davrining asoschisi Ram Mohan Royning ma’rifatparvarlik dunyoqarashi shakllanishining ijtimoiy-falsafiy asoslari tadqiq etiladi. Mutafakkir voyaga yetgan XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi Hindistonning murakkab ijtimoiy-ma’naviy muhiti, xususan, diniy mutaasiblik, kasta tizimi va mustamlaka sharoiti tahlil qilinadi. Tadqiqotda Royning Patna va Varanasidagi an’anaviy Sharq (islom ilohiyoti, so‘fiylik, sanskrit falsafasi) hamda G‘arb ratsionalistik ta’lim tizimi sintezi asosida shakllangan ko‘p tillilikka oid bilimlar salohiyati ochib berilgan. Shuningdek, uning Ost-Indiya kompaniyasidagi faoliyati va shaxsiy hayotiy tajribalari, xususan, sati odatiga qarshi kurashi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining amaliy poydevori sifatida ko‘rib chiqiladi.

References

1. डॉ० संजय कुमार मिश्रा. ब्रिटिशकालीन नारी समाज सुधारको का योगदान (Doktor Sanjay Kumar Mishra. Britaniya mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy islohotchilar harakati)//International Journal of Humanites and Social Science Research, 2019, №5. – P. 60-66.

2. Hem Chandra Sarkar, M.A. The life and letters of Raja Rammohun Roy. – Calcutta,1914. – 278 p.

3. S.D.Collet. Raja Ram Mohan Roy:His Life,Writings and Speeches. – Madras:G.A.Natesan and Co.,1925. – 600 p.

4. Dr.Ms.S.M.Vimala. Raja Ram Mohan Roy – father of modern India//International journal of recent research aspects,2018, Special Issue:Conscientious computing technologies,April. – P. 710-713.

5. Saumyendranath Tafore. Raja Rammohun Roy. – New Dehli: Sahitya Akademi,1966. – 63 p.

Published

2026-06-07