TASHQI SAVDO DINAMIKASI VA BANK MOLIYAVIY XAVFSIZLIGI: O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MISOLIDA AMALIY TAHLIL
Keywords:
tashqi savdo, tijorat banklari, moliyaviy xavfsizlik, tashqi savdoni moliyalashtirish, eksport, import, akkreditiv, bank kafolati, valyuta riski, likvidlik, bank tizimi, O‘zbekiston.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida tashqi savdoni moliyalashtirish amaliyotining zamonaviy holati va uning bank moliyaviy xavfsizligiga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda 2018–2025-yillarda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi, eksport va import hajmlari, tashqi savdo saldosi, asosiy hamkor mamlakatlar, eksport-importning tovar tarkibi hamda bank tizimining moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdo aylanmasining 2018-yildagi 33,4 mlrd AQSH dollaridan 2025-yilda 81,2 mlrd AQSH dollarigacha oshishi tijorat banklari tomonidan xalqaro hisob-kitoblar, akkreditivlar, bank kafolatlari, eksport-import kreditlari, faktoring, forfeyting va valyuta operatsiyalariga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, import hajmining eksportga nisbatan yuqoriligi, tashqi savdo saldosining doimiy manfiy shakllanishi, ayrim hamkor mamlakatlar va tovar guruhlari bo‘yicha konsentratsiyaning mavjudligi banklar faoliyatida valyuta, likvidlik, kontragent, mamlakat, kredit va operatsion risklarni kuchaytiradi. Maqolada tashqi savdoni moliyalashtirish amaliyotini bank tizimi kapitali, likvidligi, kredit portfeli sifati va tashqi sektor ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq holda baholash zarurligi asoslangan hamda bank moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
References
1. International Chamber of Commerce Academy. (2024). What is trade finance? An introductory guide. https://academy.iccwbo.org/international-trade/article/what-is-trade-finance/
2. Committee on the Global Financial System. (2014). Trade finance: Developments and issues (CGFS Papers No. 50). Bank for International Settlements. https://www.bis.org/publ/cgfs50.pdf
3. International Monetary Fund. (2019). Financial Soundness Indicators Compilation Guide. International Monetary Fund. https://www.imf.org/en/data/statistics/fsi-guide
4. Bank for International Settlements. (n.d.). Basel III: International regulatory framework for banks. https://www.bis.org/bcbs/basel3.htm
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2025). O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar. https://stat.uz
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2025). Bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari. https://cbu.uz
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2025). O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar. https://cbu.uz
8. World Trade Organization. (2016). Trade finance and SMEs: Bridging the gaps in provision. Geneva: World Trade Organization. https://www.wto.org/english/res_e/booksp_e/tradefinsme_e.pdf
9. Auboin, M. (2009). Boosting the availability of trade finance in the current crisis: Background analysis for a substantial G20 package. World Trade Organization.
10. Merton, R. C., & Bodie, Z. (1995). A conceptual framework for analyzing the financial environment. In D. B. Crane et al. (Eds.), The Global Financial System: A Functional Perspective. Harvard Business School Press.
11. Chorafas, D. N. (2004). Economic Capital Allocation with Basel II: Cost, Benefit and Implementation Procedures. Butterworth-Heinemann.
12. Axmedov, F. X. (2018). O‘zbekistonda tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko‘rsatishini takomillashtirish [PhD dissertatsiyasi avtoreferati]. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
13. Xudaynazarov, Sh. I. (2026). Tadbirkorlik subyektlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish [PhD dissertatsiyasi avtoreferati]. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. https://api.ziyonet.uz/uploads/books/10000184/bczpD1F0vvpvwPX.pdf
14. Akbarov, B. U. (2024). Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish [PhD dissertatsiyasi avtoreferati]. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
15. Malikova, D. M. (2024). Tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini takomillashtirish [PhD dissertatsiyasi avtoreferati]. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.Ташмухамедова, Я. А. (2025). ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНОДЕМОГРАФИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ НА ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ СТРАНЫ. Innovation Science and Technology, 1(10), 47-51.
16. Tashmuxamedova, Y. Yangi O ‘zbekiston Sharoitida Soliq Ma’muriyatchiligi Transformatsiyasi Va Uning Moliyaviy Xavfsizlikka Ta'siri. Green Economy and Development, 4(1), 668670. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/8756





