O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SO‘Z TARTIBINING ASOSIY QOIDALARI
Keywords:
so‘z tartibi, o‘zbek tili, ingliz tili, SOV, SVO, qiyosiy tahlil, sintaksis.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida so‘z tartibining asosiy qoidalari qiyosiy tahlil qilingan. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub agglyutinativ til bo‘lib, SOV (ega–to‘ldiruvchi–kesim) tipiga kiradi. Ingliz tili esa hind-yevropa oilasining german guruhiga mansub analitik til bo‘lib, SVO (ega–kesim–to‘ldiruvchi) tipiga mansubdir. Maqolada darak, so‘roq va inkor gaplardagi so‘z tartibi, aniqlovchilar, ravishlar va yordamchi feʼllarning joylashuvi kabi asosiy sintaktik farqlar tahlil qilingan. O‘zbek tilida morfologik vositalarning boyligi so‘z tartibining nisbiy erkinligini taʼminlasa, ingliz tilida morfologik vositalarning kambag‘alligi qatʼiy so‘z tartibini talab qiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga o‘rgatishda so‘z tartibi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
References
1. Abdurahmonov G. (2003). Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent: Oʻqituvchi.
2. Al-Jarf R. S. (2007). SVO word order errors in English-Arabic translation. Meta: Journal des traducteurs 52(2) 299-317.
3. Baker M. (2018). In other words: A coursebook on translation. 3rd ed. London: Routledge.
4. Khurramova N. A. (2024). Using contrastive analysis to teach English to Uzbek speaking learners. Multidisciplinary Scientific Journal November 2024 216-222.
5. Nazarov S. (2025). Ingliz va oʻzbek tili soʻz birikmalari struktur-semantik xususiyatlarining qiyosiy aspektda oʻrganilishi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari 5(5) 312-315.
6. Rasulova I. I. & boshqalar. (2025). Hozirgi oʻzbek va ingliz tillaridagi yordamchi soʻzlarning ayrim maʼnoviy va uslubiy xususiyatlari. Turkologik tadqiqotlar.
7. Ravshanova Z. R. & Muxammedova X. (2025). Ingliz tili va oʻzbek tili: grammatik jihatdan taqqoslash. Pedagogs 82(1) 57-59.
8. Ravshanbekova L. & Kosheva D. K. (2025). Word order patterns in English and Uzbek sentences. Journal of Education and Scientific Innovation. Forthcoming.
9. Raxmonberdiyeva Y. R. (2025). Gapda urgʻu va soʻz tartibining grammatik ahamiyati. Young Scientists 3(25) 86-87.
10. Ubaydullayeva O. N. & Jumakulova S. (2025). Contrastive analysis of word order patterns of simple sentences structure in English and Uzbek languages. Zamonaviy Fan va Tadqiqotlar 4(1) 799-802.





