THE IMPACT OF UZBEKISTAN–KYRGYZSTAN TRADE AND ECONOMIC RELATIONS ON THE MATERIAL WELL-BEING OF THE POPULATION OF FERGANA REGION (1991–2024)
Keywords:
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Farg‘ona viloyati, chegarabo‘yi savdosi, aholi moddiy ta’minoti, bandlik, anklavlar, Shohimardon, So‘x, tashqi savdo aylanmasi.Abstract
Ushbu tadqiqot 1991–2024-yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda chegara rejimlaridagi evolyutsiyaning Farg‘ona viloyati aholisining moddiy ta’minoti, real daromadlari, bandlik darajasi va iste’mol bozoridagi narxlar barqarorligiga ta’sirini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ikki mamlakat o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazaning shakllanishi, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonlari hamda chegara o‘tkazish punktlarining faoliyati mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning asosiy drayveri sifatida ko‘rib chiqiladi. Empririk ma’lumotlar, tashqi savdo statistikasi va hududiy ko‘rsatkichlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2017-yildan so‘ng chegara cheklovlarining yumshatilishi Farg‘ona viloyati va unga tutash Qirg‘iziston viloyatlari o‘rtasida mahsulotlar hamda ishchi kuchining erkin harakatlanishiga xizmat qildi. Natijada xalq iste’mol mollari taklifi kengaydi, narxlar arbitraji qisqardi, chegarabo‘yi hududlari hamda So‘x va Shohimardon anklavlarida yashayotgan aholining moddiy farovonligi va turmush darajasi sezilarli darajada yaxshilandi.





