ANTIK DAVR KARTOGRAFIYASIDA MARKAZIY OSIYO GEOGRAFIYASINING AKS ETISHI VA TALQINI
Keywords:
tarixiy geografiya, antik kartografiya, Klavdiy Ptolemey, Eratosfen, Markaziy Osiyo, Sug‘diyona, Baqtriya, Oks, Yaksart, raqamli manbalar.Abstract
Ushbu maqolada antik davr tarixiy geografiyasi va kartografiyasida geofazoviy bilimlarning shakllanish hamda evolyutsiya bosqichlari tadqiq etilgan. Yirik kutubxona fondlariga bevosita kirish cheklangan sharoitda ochiq raqamli platformalar (David Rumsey Map Collection, Gallica BnF, Perseus Digital Library) imkoniyatlaridan foydalangan holda Eratosfen, Strabon va Klavdiy Ptolemey kabi antik davr mutafakkirlarining xaritasozlikka kiritgan matematik-astronomik innovatsiyalari tahlil qilingan. Maqolada antik manbalarda Markaziy Osiyo regional geografiyasi, xususan Sug‘diyona va Baqtriya viloyatlari, Oks (Amudaryo) hamda Yaksart (Sirdaryo) daryolari va Marakanda shahri toponimiyasining tasvirlanish hususiyatlari ilmiy-metodologik jihatdan yoritib berilgan.
References
1. Hasanov, H. Geografik kashfiyotlar tarixi. Oʻqituvchi, 1981.
2. Boʻriyev, O., & Yoʻldoshev, M. Tarixiy geografiya. Toshkent: Oʻzbekiston shoʻrosi, 2010.
3. 3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida gi SQ-297-IV-sonli Qarori. 28.05.2021 y.
4. Egamberdiyev, R. Tarixiy xaritasozlik va manbashunoslik asoslari. Toshkent, 2018.





