O‘ZBEKISTON HUQUQ TIZIMIDA SUD PRETSEDENTI (CASE LAW) INSTITUTINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Authors

  • Fazilat Miraxmedova Cyber University” davlat universiteti Huquq va Biznes fakulteti O’qituvchisi Author
  • Botirboyev Javohir Cyber University” davlat universiteti Huquq va Biznes fakulteti talabasi [email protected] Author

Keywords:

Pretsedent huquqi, sud amaliyoti, cheklangan pretsedent modeli, Oliy sud qarorlari, huquqni qo‘llash izchilligi, yuridik aniqlik, elektron pretsedentlar reyestri.

Abstract

Maqola O‘zbekistonning kontinental huquq tizimida sud amaliyoti huquqi (pretsedent) elementlarini joriy etish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Mamlakat qonun ustuvorligiga asoslangan civil law modeliga amal qiladi, biroq oxirgi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi, sud qarorlari o‘rtasidagi tafovutlar va normativ-huquqiy bo‘shliqlarning ko‘payishi huquqni qo‘llashda izchillikni ta’minlash zaruratini kuchaytirmoqda. Shu bois sud qarorlarining yuridik kuchini kuchaytirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda.

Tadqiqotda pretsedent tizimining mohiyati, uning anglo-sakson va kontinental huquqdagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Amaldagi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda sud qarorlari normani izohlovchi manba sifatida qo‘llansa-da, ular majburiy kuchga ega emas. Bu esa bir xil holatlarga nisbatan bir xil yondashuvni shakllantirishni qiyinlashtiradi. Maqola O‘zbekiston sharoitiga mos “cheklangan pretsedent” modelini taklif qiladi. Unga ko‘ra, faqat Oliy sudning umumiy ahamiyatga ega ayrim qarorlariga majburiy kuch berilishi, yagona elektron pretsedentlar reyestri yaratilishi va sudyalar uchun talqin metodikasi takomillashtirilishi lozim. Xulosa sifatida, pretsedent elementlarining bosqichma-bosqich joriy etilishi huquq tizimining izchilligi, yuridik aniqlik va sud amaliyotining barqarorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

References

1. Abdurahmon o‘g‘li, A. A. (2024). Huquq oilalarining davlat boshqaruvi va sud tizimiga ta’siri. Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 42(1), 236–241.

2. Cross, R., & Harris, J. W. (1991). Precedent in English law (4th ed., pp. 1–38, 72–110, 189–214). Oxford University Press.

3. Duxbury, N. (2008). The nature and authority of precedent (pp. 1–45, 105–156, 183–201). Cambridge University Press.

4. Egea-de Haro, A. (2024). How does case law shape civil law systems? An analysis of administrative courts. Journal of Comparative Law. Springer.

5. Kischel, U. (2019). Comparative law (pp. 243–260, 287–305). Oxford University Press.

6. Lenaerts, K. (2012). The rule of law and the coherence of the judicial system of the European Union. Common Market Law Review, 44(6), 1625–1659.

7. Merryman, J. H., & Pérez-Perdomo, R. (2019). The civil law tradition: An introduction to the legal systems of Europe and Latin America (4th ed.). Stanford University Press.

8. Odilqoriev, X. T. (2018). Davlat va huquq nazariyasi: Darslik (pp. 1–528). Adolat.

9. Rustaboyev, M. H., & To‘xtasheva, A. B. D. (2009). O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlari. TDYI.

10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). Rasmiy matn (2023 yil 30 aprelgi o‘zgartirishlar bilan). Respublika Oliy Majlisi Qonun hujjatlari ma’lumotnomasi.

11. Saydullayev, Sh. A. (2024). Davlat va huquq nazariyasi: Darslik (pp. 1–231). TDYU.

Published

2025-12-24