ULUG'BEK HAMDAM SHE'RIYATIDA ESTETIK IDEAL VA LIRIK QAHRAMON TALQINI
Keywords:
Ulug‘bek Hamdam, she’riyat, estetik ideal, lirik qahramon, badiiy obraz, poetika, zamonaviy o‘zbek adabiyotiAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Ulug‘bek Hamdam she’riyatida estetik ideal va lirik qahramon talqini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shoir lirikasida estetik idealning shakllanishi, uning ma’naviy-axloqiy mezonlar bilan uyg‘unligi hamda lirik qahramon obrazining individual va ijtimoiy jihatlari ochib beriladi. Ulug‘bek Hamdam she’rlarida lirik qahramon ko‘pincha ichki kechinmalar, ruhiy izlanishlar va hayotiy qarama-qarshiliklar orqali namoyon bo‘lib, u estetik ideallarning badiiy ifodasiga xizmat qiladi. Maqolada shoir poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy tasvir vositalari hamda falsafiy mushohadalarning estetik mazmuni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Ulug‘bek Hamdam she’riyatining zamonaviy o‘zbek adabiy jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
References
1. Yo`ldosh Qozoqboy. Yoniq so`z. T.: Yangi asr avlodi, 2006.
2. Sharafiddinov Ozod. Ijodni anglash baxti.T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2004.
3. Quronov Dilmurod. Adabiy jarayonda Mom sindromi. www.ziyouz.uz
4. Hamdam Ulug`bek. Muvozanat.T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2007.
5. Qo`chqorova Marhabo. “Muvozanat romanida shartli ramzlar” maqola.





