JAMIYAT MUAMMOLARI ASOSIDA STARTAP G‘OYALARNI ISHLAB CHIQISH VA ULARNI REALIZATSIYA QILISH MEXANIZMLARI
Keywords:
texnologik startaplar, ijtimoiy muammolar, innovatsion yechimlar, islomiy fintech, raqamli ekotizim, transport va ekologiya, ijtimoiy tadbirkorlikAbstract
Ushbu ilmiy maqolada jamiyatning dolzarb muammolari negizida texnologik startap g‘oyalarini shakllantirish va hayotga tatbiq etish mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida global va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, jamiyat ehtiyojlariga innovatsion yondashuvlar orqali yechim topish usullari ko‘rib chiqiladi. Xususan, jahon miqyosida katta muvaffaqiyatga erishgan Tesla kompaniyasining transport va ekologiya sohasidagi muammolarni texnologik yechimlar yordamida hal qilishi ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida IMAN Invest (islomiy moliyaviy texnologiyalarga asoslangan investitsiya platformasi) va Uzum raqamli ekotizimi (raqamli infratuzilma va ijtimoiy xizmatlarni birlashtirgan yechim) kabi startaplar faoliyati tahlil etilib, ularning jamiyatga foydali ta’siri yoritilgan. Maqolada adabiyotlar sharhi, amaliy keyslar tahlili va qiyosiy yondashuv yordamida ijtimoiy muammolarni innovatsion biznes g‘oyalarga aylantirish mexanizmlari bo‘yicha xulosalar chiqariladi hamda kelgusida bunday startaplarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolariga yechim izlash orqali vujudga kelgan startaplar nafaqat ijtimoiy masalalarni hal etadi, balki iqtisodiy jihatdan ham samarador bo‘lib, barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
References
1. Isayev Q.A. (2025). “Startap g‘oyasidan millionlik amaliyotgacha.” – Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti, 484 bet.
2. Yuz.uz axborot sayti (2023). “Ilg‘or innovatsion texnologiyalar iqtisodiy samaradorlik va mehnat unumini oshiradi.” 20-avgust, 2023-yil.
3. Li, Peilin (2022). “Electric High-tech Car and Environment Sustainable: Analysis of Tesla’s problems.” BCP Business & Management, 35, 401-404.
4. Green Digest (2024). “Evaluating a company's impact (the case of Tesla).” 15-noyabr, 2024-yil nashri.
5. IT Park Uzbekistan rasmiy sayti (2021). “Mahalliy startap ‘Iman’ ... Seedstars World Competition 2021 grand-finaliga chiqdi!” Yangiliklar bo‘limi, 21-aprel, 2021-yil.
6. Uzum kompaniyasi rasmiy sayti (2026). “O‘zbekistonning eng yirik raqamli ekotizimi – Uzum.” Kompaniya haqida ma’lumot.
7. Uzum Press-markaz xabari (2025). “Uzum ekotizimi 2024-yilda O‘zbekiston byudjetiga qariyb 1,2 trillion so‘m o‘tkazdi.” 6-fevral, 2025-yil.





