O‘QUV QO‘LLANMALARNING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
o‘quv qo‘llanma, akademik yozuv, ta’lim sifati, metodik ta’minot, ilmiy uslub, GOST standartlari.Abstract
Ushbu maqolada o‘quv qo‘llanmalarning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilib, ularni yaratishda akademik yozuv tamoyillariga amal qilish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. O‘quv qo‘llanma ta’lim jarayonining muhim metodik vositasi sifatida talabalarning mustaqil bilim olish, tahlil qilish va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli bilan tavsiflanadi. Maqolada akademik yozuvning aniqlik, mantiqiylik, izchillik, obyektivlik va manba ko‘rsatish madaniyati kabi asosiy mezonlari o‘quv qo‘llanma yaratish jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanma sifatini belgilovchi mezonlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talablari hamda GOST 7.32–2017 va GOST 7.1–2003 standartlariga qisqacha sharh beriladi. Tadqiqot natijalari o‘quv qo‘llanma tayyorlovchi mualliflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1.Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. Karimova S.N. Akademik yozuv asoslari. – Toshkent, 2021.
3. Ziyamuxamedova Sh. Oliy ta’limda o‘quv-uslubiy ta’minot. – Toshkent: TDYU, 2020.
4. Bailey S. Academic Writing: A Handbook for International Students. – London: Routledge, 2018.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O‘quv va o‘quv-uslubiy nashrlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi. – Toshkent, 2022.
6. GOST 7.32–2017. Ilmiy-hisobot hujjatlari. Tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari. – Moskva, 2017.
7. Matyazova N.S. “Akademik yozuv” – Nashriyot: Sadriddin Salim Buxoriy Durdona. 2022 y, (Buxoro) (104 sahifa).
8. Swales J., Feak C. Academic Writing for Graduate Students. – Michigan University Press, 2012.
9. Day R.A., Gastel B. How to Write and Publish a Scientific Paper. – Cambridge University Press, 2016.





