BUXORO VILOYATIDA 2023–2025 YILLARDA SAKSOVUL BUQUR CHIGIRTKASINING TUXUM QO‘YISH MAYDONLARI DINAMIKASI VA ZICHLIK STRUKTURASI TAHLILI

Authors

  • Karimov Erkin Qodirovich b.f.f.d., ORCID - 0009-0000-9432-9023 Buxoro davlat texnika universiteti “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” kafedrasi dotsenti, [email protected] Author
  • Hikmatova Yulduz ORCID - 0009-0008-6905-4249 Buxoro davlat texnika universiteti “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” kafedrasi stajyor-o’qituvchisi, [email protected] Author

Keywords:

chigirtka, tuxum qo‘yish, monitoring, zichlik sinflari, fitosanitar xavf, Buxoro viloyati.

Abstract

Maqolada Buxoro viloyatida 2023–2025 yillarda saksovul buqur chigirtkasining tuxum qo‘ygan maydonlari, kuzatuv qamrovi va 1 m² ga to‘g‘ri keluvchi tuxum ko‘zachalari zichligi sinflari bo‘yicha hududiy-vaqtli dinamika tahlil qilindi. Tadqiqot 2023–2025 yil hisobot jadvallaridagi tumanlar kesimidagi raqamlarga tayanadi. Natijalarga ko‘ra, umumiy kuzatuv maydoni 2023 yilda 18 500 ga bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 19 636 ga, 2025 yilda 25 150 ga ni tashkil etdi; tuxum ko‘zachalari mavjud bo‘lgan maydon esa mos ravishda 1 050 ga → 1 934 ga → 3 189 ga ga o‘sgan. Zichlik strukturasi 2023–2024 yillarda asosan 5–10 ko‘zacha/m² sinfi ustun bo‘lgan (2023: 40,95%; 2024: 30,77%), 2025 yilda esa 1 ko‘zacha/m² gacha sinfi keskin dominant holatga o‘tgan (84,04%). Olingan natijalar PQ–5185 (15.07.2021) va VMQ 311-son (07.06.2022) qarorlarida belgilangan erta monitoring, manzilli profilaktika va boshqaruv qarorlarini ma’lumotga asoslangan tarzda qabul qilish zarurligini qo‘llab-quvvatlaydi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.07.2021 yildagi PQ–5185-son qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 311-son qarori.

3. FAO. Desert Locust Guidelines: Survey. Rome. (uslubiy manba).

Published

2026-02-27