KICHIK TADBIRKORLIK EKSPORTINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA BARQARORLIK MASALALARI

Authors

  • Abduraxmonov Sherali Sharifjonovich Namangan davlat universiteti “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi tayanch doktoranti, katta o‘qituvchisi;+99899-321-06-07 Author
  • Soyibjonov Islomjon Sodiqjon o’g’li Namangan davlat universiteti “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi o’qituvchisi [email protected] Author

Keywords:

kichik tadbirkorlik, kichik biznes, eksport, eksport ulushi, tashqi savdo, davlat iqtisodiy siyosati, institutsional islohotlar, valyuta siyosatini liberallashtirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, vaqt qatori tahlili, statistik tahlil, hududiy tahlil, Namangan viloyati.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining jami mahsulot (ishlar, xizmatlar) eksportidagi ulushi va uning uzoq muddatli dinamikasi statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot 2010–2025-yillar (choraklar kesimida) ma’lumotlariga tayangan holda amalga oshirilib, kichik biznes eksport ulushining vaqt mobaynidagi o‘zgarishlari, markaziy tendensiya va tarqoqlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Maqolada kichik tadbirkorlik eksportidagi ijobiy o‘sish tendensiyalari mamlakatda olib borilgan institutsional va iqtisodiy islohotlar, xususan, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, valyuta siyosatini liberallashtirish hamda eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘liq holda yoritib berilgan. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan vaqtinchalik pasayishlar statistik jihatdan baholanib, ularning uzoq muddatli o‘sish trendiga ta’siri aniqlangan. Bundan tashqari, Namangan viloyati misolida hududiy kesimda kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ulushi tahlil qilinib, hududiy xususiyatlar va barqarorlik masalalari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari kichik tadbirkorlik eksportini rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim va istiqbolli yo‘nalishi ekanini ilmiy jihatdan asoslaydi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” – T.: 2022 yil 21 dekabr, PF–268-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – T.: 2022 yil 30 sentyabr, PF–228-son.

3. Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish: iqt. fan. dok. diss. –T.: 2017. – 309 b.

4. G‘ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. –T.: TDAU, 1998.

5. Shumpeter Y. Teoriya ekonomicheskogo razvitiya – M.: 1982. S. 159.

6. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDIU, 2010

7. Кенжаев И.Э., Балтабаев М.Т., Абдурахманов Ш.Ш. Иностранные Инвестиции В Малый Бизнес //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. – 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 159-164.

8. Siddikov, A.M., Baltaboev, M.T. and Abduraxmonov , S.S. 2022. Formation and Development of Small Business in Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. 3, 11 (Nov. 2022), 76-80.

9. Abduraxmonov S. S. O ‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI //SCHOLAR. – 2023. – Т. 1. – №. 22. – С. 4-16.

10. Abdulxakimov Z., Abduraxmonov S. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishini nazariy masalalari. – 2024.

11. https://siat.stat.uz/reports-filed/402/table-data

12. https://siat.stat.uz/reports-filed/425/table-data

13. Characteristics of Small Business Development in Uzbekistan. Semant Journals.[URL:https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/download/1599/1261/1357]

14. Porter, M. E. The Competitive Advantage of Nations. — New York: Free Press, 1990.

15. Krugman, P. R. Increasing Returns, Monopolistic Competition, and International Trade. — Journal of International Economics, 1979, Vol. 9, No. 4, pp. 469–479.

16. Krugman, P. R., Obstfeld, M., Melitz, M. J. International Economics: Theory and Policy. — 10th ed. — Boston: Pearson Education, 2015.

17. Melitz, M. J. The Impact of Trade on Intra-Industry Reallocations and Aggregate Industry Productivity. — Econometrica, 2003, Vol. 71, No. 6, pp. 1695–1725.

Published

2026-03-09