KOREYS MILLIY MADANIYATIGA ALOQADOR SO’ZLARNI TARJIMA QILISHDA LAKUNARLIK HODISASINING KELIB CHIQISHI

Authors

  • Murtozoeva Sevara Shokir qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Author
  • Abdiyeva Iroda Normutovna [email protected] Author

Keywords:

함흥차사/장유유서/사물놀이/관혼상제,ekviuvalentlik , nutqiy frazeologiya, four-character idioms, lug‘aviy ma’no, madaniy lakuna , lingvomadaniyartshunoslik.

Abstract

Har bir xalqning milliy madaniyati uning tarixiy taraqqiyoti, dunyoqarashi va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Madaniyat nafaqat xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va san’atida, balki uning tilida ham o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan tilshunoslikda madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan lakuna hodisasi alohida o‘rganilmoqda. Lakuna — bu bir xalq tili va madaniyatida mavjud bo‘lgan, biroq boshqa xalq tili va madaniyatida bevosita muqobili yo‘q bo‘lgan tushuncha yoki so‘zdir. Koreys madaniyatida mavjud lakunalar o‘ziga xos ijtimoiy, axloqiy va estetik qarashlarni ifodalaydi. Ular koreys xalqining qadimiy dunyoqarashi, konfutsiychilik ta’siri, oilaviy qadriyatlar va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada koreys milliy madaniyatiga aloqador lakunalarning tildagi ifodasi, ularning madaniy mazmuni hamda o‘zbek tiliga tarjima jarayonidagi muammolar yoritiladi.

References

1. Тер-Минасова С. Г. Реальный мир, культура, язык // Язык и межкультурная коммуникация. — М.: Слово/Slovo, 2000. — Гл. 1. — С. 35–87. — 261 с.

2. 김영철. (2018).언어와 문화의 관계에서 본 라쿠나 현상 연구.언어학연구, 45, 123–145.

3. Дадамирзаева И., Кудрина Ю. Амалий таржима. — Тошкент: Ворис нашриёти, 2011. — 176 б.

4. 최은정. (2019).한•우즈베크어 언어 비교를 통한 라쿠나 분석.외국어교육연구, 33, 201–220.

5. Davronova, Z. Badiiy matnda realitlardan foydalanish usullari. // O‘zMU xabarlari. DOI: 10.69617/uzmu.v1i1.4.2087.

6. Hasanov, A. Adabiy tildagi leksik bo’shliqnlarni to’ldirish. // O‘zbekistonda xorijiy tillar, 2023.

7. Yoldoshev, U. H. Hajviy matnlar tarjimasining lingvostilistik, lingvokulturalogik xususiyatlari (ingliz tiliga tarjima qilingan o‘zbek xalq latifalari misolida): Filol. fan. f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. — Toshkent, 2017.

8. Maqola talablari. // JOURNAL.FLEDU.UZ. URL: https://journal.fledu.uz/uz/maqola-talablari/ (murojaat sanasi: 11.04.2025).

9. Essential korean words 2000 advanced Min Jin-young, Park Jin-chul, Jang Ji-yeong. 2024.

Published

2026-03-13