KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA BOG‘LOVCHI BIRLIKLARNING GRAMMATIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI: QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
koreys tili, o‘zbek tili, bog‘lovchi, bog‘lovchi qo‘shimcha (연결어미), teng bog‘lanish (대등), tobe bog‘lanish (종속), qiyosiy tilshunoslik.Abstract
Mazkur maqola koreys va o‘zbek tillarida bog‘lovchi birliklarning grammatik va funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qiladi. Koreys tilida bog‘lovchilar (접속사) va bog‘lovchi qo‘shimchalar (연결어미) gap qismlarini bog‘lab, teng (대등) hamda tobe (종속) munosabatlarni ifodalaydi. O‘zbek tilida ham sof, nisbiy va qo‘shimchasimon bog‘lovchilar mavjud, biroq ayrim birliklarning turkumiy mansubligi bahsli. Qiyosiy tahlil ularning funksional yaqinligi va grammatiklashuv darajasidagi o‘xshash hamda farqli jihatlarni ko‘rsatadi.
References
1. Comrie B. Language Universals and Linguistic Typology: Syntax and Morphology. Chicago: University of Chicago Press, 1981.
2. Sohn H.-M. The Korean Language. Cambridge: Cambridge University Press, 1999.
3. Abdurahmonov G‘. Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi. Toshkent: O‘qituvchi, 1996.





