XUSUSIY SEKTORDA MEHNAT QILAYOTGAN ISHCHILARNING HUQUQIY HIMOYASINI TA’MINLASH, ISH BERUVCHILAR IJTIMOIY MAS’ULIYATINI OSHIRISH YO‘NALISHIDA
Keywords:
norasmiy bandlik, konvert maosh, yashirin iqtisodiyot, mehnat huquqlari, xususiy sektor, ijtimoiy himoya, mehnat bozori, ish beruvchilar ijtimoiy mas’uliyati, mehnat shartnomasi, iqtisodiy shaffoflik.Abstract
Mazkur maqolada xususiy sektorda mehnat qilayotgan ishchilarning huquqiy himoyasini ta’minlash, norasmiy bandlik va “konvert” usulida ish haqi to‘lash muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, yashirin iqtisodiyotning mehnat bozori, ijtimoiy himoya tizimi va davlat budjeti daromadlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish muammolari, ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyati hamda mehnat huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yoritilgan. Maqolada norasmiy bandlikni qisqartirish, mehnat munosabatlarini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish va halol tadbirkorlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va xulosalar berilgan.





